Ҳеч қачон "Вақт топа олмаяпман" дема!
Барча буюкларнинг ҳам бир куни 24 соатдан ошиб кетмаган.
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 29-yanvar kuni "30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kun" munosabati bilan I.Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlab "Zakovat" intelektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yin qiziqarli, munozara va bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida qishki ta’tilni samarali o‘tkazish maqsadida pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining vatanga bo‘lgan muhabbat, burchga sadoqat, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida qishki ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida pedagog xodimlar o'rtasida "Mening orzu maqsadlarim", "Men sizdan uzr so'rayman" kabi mavzularda trening mashg'ulotlari o'tkazildi. O'qituvchilar o'zlarini orzu maqsadlarini yozib orzular doskasiga ildirib qo'ydilar va pedagogik jamoada psixologik muhitni yaxshilash uchun men sizdan uzr so'rayman kabi so'zlarni yozib xafa qilib qo'ygan kishilaridan uzr so'rashi aytildi va bir-birini kechirishiga yordam berildi.O'qituvchilar bilan sog'lom turmush tarziga amal qilishi o'zini va yaqinlarini sevishi va insonlarni kechirishi, boricha qabul qilishi kabi mavzularda suhbat olib borildi. O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan trening mashg'ulotini kasb-hunar maktabi psixologlari K.G'offorova va G.Xamidovalar tomonidan o'tkazildi.