O`qituvchilarga

Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etild

 2022-yil 18-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy shahar kasb-hunar maktabi   hamda  ta’lim muassasalari Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq fanlari o'qituvchilari   ishtirokida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etildi.
                                                                                                                                      

Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumida 11-shoʻba: Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi boyicha avgust seminari tashkil etildi.

 2022-yil 17-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumi hamda qishloq xo’jalik yo‘nalishi mavjud ta’lim muassasalari maxsus fan va ishlab chiqarish ta’lim ustalari  ishtirokida 11-shoʻba: Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi boyicha avgust seminari tashkil etildi.


Navoiy arxitektura va qurilish texnikumida .....

2022-yil 17-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi  hamda qurilish yo‘nalishi mavjud ta’lim muassasalari maxsus fan va ishlab chiqarish ta’lim ustalari  ishtirokida 5-sho`ba: Muxandislik ishi, ishlov berish texnologiyasi va qurilish sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etildi.
                                                                                                                                   

Metodik tavsiya

 O‘quvchi sizni darsda tinglamasa nima qilish kerak?

Biz nafaqat kuchli pedagog, balki kuchli psixolog ham bo'lganimizda barcha o'quvchilar diqqatini o'zimizga qarata olamiz.

Agar o'quvchi darsni tinglashdan manfaatdor emasligini ochiq aytsa yoki dars payti atrofidagilarni chalg'itayotganini sezsangiz, ushbu usuldan foydalaning.

 Fan tushunchalarini uning ko'ziga qarab aytishni boshlang, diqqatni muhim nuqtaga (uning ko'ziga) qarating, lekin uzoq vaqt qaramang.

 Siz o'quvchini qiziqtirish uchun pauza qilishingiz kerak, keyin mavzuni davom ettiring.

 Buni tez-tez takrorlash kerak, lekin haddan tashqari oshirib yubormang.

 Shunda o'quvchilaringiz juda ehtiyotkor bo'ladi va sizning darsingizga "quloq solishadi''.

 Dars vaqtidagi oraliqlarda yengil hazillar, mavzuga oid mashhur shaxslar haqidagi qisqa hikoyalar ham o'quvchi diqqatini darsga doimiy jalb etishga yordam beradi.


Qalam

Qalam yasovchi hozirgina yo‘ngan qalamni qo‘liga olib, bunday debdi: "Mana endi dunyoga kelding, xizmatga tayyorsan. Lekin seni ishga jo‘natishdan oldin aytadigan beshta so‘zim bor. So‘zlarimdan chiqmasang, dunyodagi eng yaxshi qalam bo‘lasan:

1. Qudratingni ko‘rsatish uchun kimningdir qo‘lida bo‘lishing kerak.

2. Vaqti-vaqti bilan yo‘nilib, uchlanib turish azobiga duch kelasan. Lekin bu azob sening sifatingni saqlash uchun zarur.

3. Qilgan xatoingni tuzatish imkoniyating doimo bor.

4. Unutma, sening eng muhim boyliging ichingdagi narsangdir.

5. Sharoit, vaziyat qancha yomon bo‘lmasin, yozishda davom etishing, o‘zingdan aniq va ravshan iz qoldirishing shart"

KUN HIKMATI

  “Agar sen ham aqlli kishilarning safida bo‘lging kelsa, har kuni bir marta, yo haftada bir marta, hech bo‘lmasa oyda bir marta o‘zinga o‘zing hisob ber!”

✍️ Abay

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni