Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash maqsadida Uchquduq sanoat texnikimida Navro’z bayramiga bag’ishlab “Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim” degan bosh g’oya asosida, ko’tarinki ruhda bayram sayli o’tkazildi. Bayram tadbirida bahor va tabiat ne’matlari ko’rgazmasi, yurtimizning qadimiy urf-odatlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo’lgan kuy, qo’shiq hamda laparlar, milliy liboslar va taomlar namoyishi hamda milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Navro‘z tabiatning yasharish, yangilanish qudratini, saxovatini, ajdodlarimiz o‘lmas merosi qadriyatlarimizni namoyon etuvchi bayram sifatida yashab kelmoqda.Navroʻz xalqimizga, millatimizga xos yuksak insoniylik, mehr-muruvvat, oqibat, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik, samimiylik kabi qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. Yurtimizning har bir xonadonida bahor fasli, Navro‘z shukuhi kezmoqda.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
“Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim”
XUSHXABAR
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabining 203-guruh oʻquvchisi Xasanov Dastan 2023-yil 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida sportning ashixara-karate turining kata va kumete yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston kubogida faol ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni egallab, 2-darajali diplom va medal bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xasanov Dastanning ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi!
#TAYINLOV
Mirzoyev O`tkir Qahhorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
O`.Mirzoyev 1988-yil Qiziltepa tumanida tug`ilgan. 2010-yil Buxoro Davlat universitetini va 2017-yil Germaniya davlati “Weihenstephan” universitetini tamomlagan.
Qaysi chet tillarni biladi: Nemis tili, fors tili, rus tili, ingliz tili, turk tili
Tayinlovga qadar, Qiziltepa tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Tabrik
Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!
Tarbiya, taʼlim, tafakkur... Jamiyat ravnaqi, davlat qudrati uchun xizmat qiladigan mana shu buyuk amallarning barida sizning mehnatingiz, fidoyiligingiz, kuch-u gʻayratingiz, mehringiz, sabotingiz mujassam. Siz borki, millat tarbiya koʻradi, siz borki, taʼlim rivojlanadi, siz borki xalqimiz tafakkuri joʻsh uradi.
Prezidentimiz dunyoda chuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi kunda qanchalik qiyin boʻlmasin, ayol-qizlarning oʻqib, bilimli boʻlishi uchun zarur mablagʻ va imkoniyatlar topib berilayotgan bir paytda, oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va sanʼat, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonch bildirdilar. Darhaqiqat, hozirda bilim olayotgan talaba-qizlarimiz, oʻz ilmlarini ulashayotgan pedagoglarimiz, tadqiqotchi, ixtirochi, novator ayol-qizlarimiz isteʼdod va salohiyatlarini toʻlaqonli namoyon etishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.
Iqtidoringizni qadrlang, uni oʻsib-unishi uchun doimiy izlanishda boʻling, ilm olishdan charchamang! Aql-zakovat, sadoqat va fidoyiligingiz asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligiga asos boʻlib kelmoqda.
Qadrli opa-singillar, Sizga mustahkam sogʻliq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, koʻzlagan yuksak marralarga erishishingizni tilayman. Barcha orzu va ezgu niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshman!
Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik loyihasi
2023-yil 20-fevral – 2-mart kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 14 nafar hududiy boshqarma mas’ul xodimlari hamda 34 nafar professional ta’lim muassasa o‘qituvchilari moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikka ko‘nikmalariga o‘qitildi.
Bugun — 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
Bugun — 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun
1. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
2. Asl ismi — Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.
3. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bo‘lgach, oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga o‘tiradi (1494 yil iyun).
4. Bobur Afg‘onistonda «Bog‘i Shahroro», «Bog‘i Jahonoro», «O‘rtabog‘», «Bog‘i vafo» va «Bog‘i Bobur» kabi oromgohlar tashkil etgan.
5. Boburning Humoyun, Komron, Askariy, Hindol va Gulbadanbegim ismli farzandlari Kobulda tug‘ilgan.
6. Bobur 1526 yil aprelda (43 yoshida) Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning 100 ming kishilik qo‘shinini 12 minglik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, ikkinchi yirik hind sarkardasi Rano Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi.
7. Boburning «Mubayyin» asari masnaviy tarzida yozilgan bo‘lib, Islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag‘ishlangan.
8. "Boburnoma" voqealari Andijon, Samarqand, Xo‘jand, Hirotdan boshlab Kobul va Agragacha bo‘lgan qamrovga ega. Unda O‘rta Osiyodan boshlab Hindistongacha bo‘lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
9. Bir necha muddat oldin podsholikni Humoyunga topshirgan Bobur 47 yoshida o‘zi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etdi va o‘sha yerda dafn etildi, keyinchalik (1539), vasiyatiga muvofiq xoki Kobulga keltirilib, o‘zi bunyod ettirgan «Bog‘i Bobur»ga qo‘yildi.
10. Bobur asos solgan boburiylar sulolasi Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan.
TARG'IBOT QABUL_2023_2024
Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2023-2024-oʻquv yili uchun 9-sinf bitiruvchilarini quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishga taklif qiladi:
Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash (avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta'mirlash chilangari, yonilg'i ta'minlash tizimini tashxislash va ta'mirlash chilangari, “B” va “BC”toifa haydovchisi)
Kompyuter grafikasi va dizayn operatori
Tikuvchi (ayollar va bolalar kiyimi tikuvchisi)
Kon uskunalari chilangari (kon chilik ishlari bo'yicha elektr chilangar, kon uskunalarini ta'mirlash va xizmat ko'rsatish chilangari)
Nasos va nasos stansiyalariga xizmat ko'rsatish va ta'mirlash chilangari (nasos va nasos stansiyalariga xizmat ko'rsatish va eksplutatsiya bo'yicha chilangar, elektrgazpayvandchi)
Elektrik
Manzil: Nurota tuman Shodlik ko'chasi 47-uy
Murojaat uchun telefonlar:
☎️(55) 351-52-60
(99) 883-99-87
➡️Telegram.@nurota2skhm




















