8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganliging 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi direktori Qodirov Bekzod Kamoliddinovich "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlandi. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz! Safimizda shunday yutuqlarga munosib ustozlar ko‘payaversin!
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Tabriklaymiz!
Profilaktika_yig'ilshi...
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida G'oyibon mahallasi profilaktika katta inspektori kapitan F.Norxolov, Zarmetan mahallasi profilaktika inspektor psixologi leytenant N.Hasanov, kasb-hunar maktabiga biriktirilgan profilaktika inspektor psixologi leytenant M.Muhiddinov hamda kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, davomat masalasi, uyali mobil aloqa vositasini ishlatish madaniyati, ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil saytlarga kirishni oldini olish, pirotexnika vositalaridan foydalanishni oldini olish, o'quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yig'ilish tashkil qilindi....
Navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muhtaram yurtboshimizning viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, Yashil makon bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘tkazilgan attestasiya natijalari tahlili, qisqa muddatli kurslarni tashkil etish holati, kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar belgilab olindi.
"Biz - OITS ga qarshimiz"
Navoiy shahar kasb-hunar maktabida "1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan biologiya fani o'qituvchisi A.Fuzaylova tashshabbusi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari U N.Shamiev va maktab oʻqituvchilari shuningdek Navoiy shahar IIB Jinoyat qiduruv bo'limidan J.Axmedov, Sh.Xo'jaqulov,Sh.Qodirov maktabning birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Biz - OITS ga qarshimiz" shiori ostida boʻlib oʻtdi.Suhbatda soʻzga chiqqanlar asr vabosi va uning oqibatlar haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javob topishdi.
"IQTIDORINGNI NAMOYON ET"
Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi.
Tadbir davomida o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS" doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
"Hayot go'zal chunki unda men borman"
"Hayot go'zal chunki unda men borman" Navoiy viloyati yuridik texnikumida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni"ga bag`ishlab L.Xamidova tomonidan "Hayot go'zal chunki unda men borman" deb nomalangan amaliy trening o'tkazildi. Trening jarayonida talabalar: Hayotimizni go'zallashtiruvchi va barbod qiluvchi omillar haqida bahs-munozaralar; Sog'lom turmush tarziga o'tish uchun amaliy tavsiyalar; Men baxtliman, siz ham baxtlisiz kabi kayfiyat ulashuvchi mashqlar va o'yinlar o'tkazildi.
"1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni"
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 1-dekabr kuni "1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan oquvchi-yoshlar o'rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida o'quvchi-yoshlarga OITSning kelib chiqish sabablari va uning mudhish illatlari to'grisida tushunchalar berib o'tildi. Tadbir songida OITSni oldini olish bo‘yicha videorolik namoyish etildi.




















