Yangiliklar

Nurota tumani 2-son kasb-hunar maktabida "YOSHLAR" radio eshittirishi tashkil etildi.

Nurota tumani 2-son kasb-hunar maktabida maktab yoshlar yetakchisi taklifi va tashabbusi bilan "YOSHLAR" radio eshittirishi tashkil etildi. Kasb-hunar maktabda haftaning Dushanba, Chorshanba va Juma kunlari "YOSHLAR RADIOSI" eshittirishi qo'yib boriladi bunda ta'limga oid yangilklar, maktab yangiliklari, tabriklar, e'lonlar qo'yib boriladi.

NAVOIY SHAHAR KASB-HUNAR MAKTABI O’QUVCHILARI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI O’TAMOQDA

 Navoiy shahar kasb-hunar maktabi “ELEKTROMONTIYOR VA ELEKTR STANSIYALARI USKUNALARINI TA'MIRLASH BO'YICHA CHILANGAR" yo'nalishiga Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali oʼrtasida ikki tomonlama shartnoma asosida ishlab chiqarish amaliyotlarini boshladi. Masʼul xodimlar tomonidan o'quvchilarga amaliyot davrida korxonada belgilangan tartib qoidalar va kasb-hunar maktabida olgan nazariy bilimini amaliyotda to'g'ri qullash kerakligi toʼgʼrisida tushunchalar berilib borildi.

Professional ta’lim tizimida xalqaro hamkorlik

 Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati(GIZ)ning “O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida xalqaro ekspert Yoaxim Lens rahbarligidagi delegatsiya 1-fevral kuni  Navbahor tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida Loyiha doirasida pilot professional ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ta'lim muassasasida "Tikuvchi" lik yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan o'quvchilarga yaratigan imkoniyatlar va kelgusida o'quvchilarning bandligini ta'minlash, kelgusida dual ta'limni joriy etish  bo'yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida....

Joriy yilning 30-yanvar kuni Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida I.Karimovning hayoti va faoliyati bo'yicha savol-javoblar va videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng "Islom Karimov o'gitlari" loyihasida o'qituvchilar va o'quvchilar faol ishtirok etdilar.

Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.

 Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov tavallud topgan kun munosabati bilan ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.

Konimex tuman kasb hunar maktabida "Kasb mahorati" tanlovi o‘tkazildi.

 Konimex tuman kasb hunar maktabida 2-bosqich  o‘quvchilari  o‘rtasida Maxsus  fanlar  oyligi  munosabati  bilan"  Kasb mahorati"  tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 5 ta yo‘nalish o‘quvchilari  ishtirok etdi.Tanlovni 10 nafardan iborat kommisiya  a'zolari tomonidan kuzatilib baholanib borildi. Tanlovda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining  kasblari  bo‘yicha 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Professional ta’lim muassasalari tizimli o‘rganilmoqda

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi  guruhi tomonidan  Navoy arxitekura va qurilish texnikumi hamda Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyati 2023-yil 28-yanvar kuni o‘rganildi. Ishchi guruh Markazning o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarini, zarur xom-ashyo mahsulotlari, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlanganligini, yotoqxona binolarining holati va oshxonalarda tinglovchilar uchun ovqatlanishni tashkil etilganligini, zamonaviy o‘quv, o‘quv metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o’rganildi.

KITOBXONLIK

 Joriy yilning 26-yanvar kuni Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Prezidentimizning beshta muhim tashabbus loyihasining 4-bandini ijrosini ta'minlash maqsadida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.
📚Bunda O'. Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari yuzasidan savol javob bo'lib o'tdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni