Joriy yilning 3-noyabr kuni Uchquduq sanoat texnikumiga Uchquduq tumani 2-sektor rahbari tuman prokurori R.Rahmatov, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Rayxanov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari mayyor S.Qodirovlar ishtirokida ishchi-xodimlar va oʻquvchi-yoshlarga, hozirgi kunda eng dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"(ya'ni plastik kartochkalardan pul yechib olinishi, har xil yolgʻon "feyk" habarlarni tarqalishi, mobil aloqalar orqali mablag' bilan bog'liq xabarlar, pullik oʻyinlarga aldanib qolish va h.k) oqibatlarini olish maqsadida davra-suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Elonlar
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"
Yashil_makon
Joriy yilning 3-noyabr sanasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida Navbahor tuman kasb-hunar maktabida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari tashkil etildi. Kasb-hunar maktabi yoshlar ittifoqi va o‘quvchi yoshlar hamkorligida 20 ta mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
Geologik laboratoriya majmuasiga tashrif
2022-yil 2-noyabr kuni Zarafshon sanoat texnikumi 209-21 guruh rahbari tomonidan Foydali qazilmalarni boyitish mutaxassisligi bo'cha tahsil olayotgan o‘quvchilarni Daugiztau DGQE qarashli Geologik laboratoriya majmuasiga tashrifi tashkillashtirilib, ushbu majmuaning tashkil topish tarixi va bu yerda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishdilar.
Bilimdonlar e'tiborda
Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Oquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi professional talim muassasalarining direktorlari hamda ishlab chiqarish talimi boyicha direktor orinbosarlari uchun Professional talim muassasalarida oquv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish mavzusida Konimex tumani kasb-hunar maktabida oquv-amaliy seminar o'tkazildi.
Dual ta'lim amalda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limi tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 163-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 25-oktabr kuni viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma bosh uslubchilari tomonidan Zarafshon sanoat texnikumidagi dual ta'lim o‘quv jarayonlarini holati va hamkor tashkilotlarda dual ta'lim jarayonini o‘rganish, metodik yordam ko‘rsatish va qoʻshimcha tavsiyalar berish maqsadida hamkor tashkilotlar va texnikumga tashrif buyurishdi.
Professional ta’limda dual ta’lim amalda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi “Professional ta’lim tizimida dual ta’limi tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 163-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 26-oktabr kuni viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma bosh uslubchilari tomonidan Qiziltepa tuman kasb-hunar maktabidagi dual ta'lim o‘quv jarayonlarini holati va hamkor tashkilotlarda dual ta'lim jarayonini o‘rganish, metodik yordam ko‘rsatish va qoʻshimcha tavsiyalar berish maqsadida hamkor tashkilotlar va texnikumga tashrif buyurishdi.
Navoiy viloyati Professional ta’lim muassasalarining Avgust seminarlari yalpi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.


O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2022 yil 9-avgustdagi "Professional ta'lim muassasalarini 2022-2023 o‘quv yiliga tayyorgarligi bo'yicha avgust seminarlarini o'tkazish to'g'risida"gi 267-son buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 27-avgust kuni Navoiy viloyati Professional ta’lim muassasalarining Avgust seminarlari yalpi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi 2022/2023 o‘quv yiliga tayyor....
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi 2022/2023 o‘quv yili uchun tayyor holga keltirildi. O‘quv auditoriya va ustaxonalarida tozalash va ta‘mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, hududda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, mustaqilligimizni o‘ttiz bir yillik bayramini munosib kutib olish ishlari amalga oshirildi.
















