Konimex tumani kasb-hunar maktabida shaxmat bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

 Sportning  shaxmat turi bo'yicha o'qituvchi hamda ishlab chiqarish ta'lim ustalari o'rtasida  musobaqa o'tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ko'rik tanlovlari bo'lib o'tdi

 Joriy yilning 26-aprel sanasida Konimex tumani kasb-hunar maktabi tarix hamda huquq fani o'qituvchilari Jahongir Yo'ldashov, Xumora Xudayberdiyevalar tashabbusi bilan
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 30- iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha 2021/2022-yillarga mo'ljallangan, Davlat dasturining 43-bandida belgilangan, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta'lim berish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi yuzasidan  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimdonlarni aniqlash ko'rik tanlovlari bo'lib o'tdi.

O'quvchi yoshlar o'zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob topishdi

Халқаро_ҳамкорлик

 Профессионал_таълим

 Германия халқаро ҳамкорлик жамияти (GIZ) GmbH билан меморандум имзоланди.

Педагогик инновациялар институтида Германия халқаро ҳамкорлик жамияти (GIZ) GmbH билан «Ўзбекистонда профессионал таълим тизимини ислоҳ қилиш ва модернизация қилиш жараёнини қўллаб-қувватлаш» лойиҳаси доирасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.

O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi tadbiri nishonlandi

 O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida shoir ijodiga bag'ishlab  "El ardoqlagan shoir" mavzusida she'rxonlik kechasi o'tkazildi.

"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .

2022-yil 25-aprel  kuni Uchquduq sanoat texnikumida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .Bellashuvda 1-21, 4-21, 5-21 va 8-21 guruh oʻquvchi-yoshlari  4 shart asosida  oʻzaro bellashdilar. Tadbir davomida guruh  ishtirokchilari tomonidan  sahna koʻrinishi, videoroliklar hakamlar hayatiga namoyish etildi . Yakuniy hisobga koʻra 4-21 guruhi jamoasi faxrli 1-oʻrni qoʻlga kiritdi.

Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi.

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasbga qiziqtirish va keyingi o'quv yilida mazkur kasb-hunar maktabiga qamrab olish uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi. Bunda asosan kasblar haqida videoroliklar, ko'rgazmalar, taqdimotlar, o'qituvchi-pedagog hamda ICHTUlar va o'quvchi-yoshlar tomonidan ta'lim muassasasida mavjud kasblar kesimida mahorat dars ( master-klass) mashg'ulotlari o'tkazildi. Shuningdek, ochiq eshiklar kunida maktab o'quvchilari kasb-hunar maktabining barcha o'quv binolari, o'quvchilar turar joyi (Yotoqxona), sport zal, o'quv ustaxonalari hamda axborot-kutubxonasi va o'quvchi-yoshlarni kasb-hunar, bilim ko'nikma va malaka egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Darxon Ravon luks" korxonasi bilan tanishishdi

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Avtomobillarni ta'mirlash chilangari"  yo'nalishi o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti oldidan tumandagi "Darxon Ravon luks"  korxonasi bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish ta'limi ustasi M. Berdiyev bilan birgalikda korxonaning qulayliklar va sharoitlari bilan tanishishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni