Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 15-shoʻba avgust seminari tashkil etildi.

Joriy yil 23-avgust kuni  Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 15-shoʻba Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari va psixologlar  ishtirokida avgust seminari tashkil etildi.
                                                                                                                                         

Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi 2022/2023 o‘quv yiliga tayyor....

Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi 2022/2023 o‘quv yili uchun tayyor holga keltirildi. O‘quv auditoriya va ustaxonalarida tozalash va ta‘mirlash ishlari yakuniga yetkazilib, hududda obodonlashtirish ishlari o‘tkazilib, mustaqilligimizni o‘ttiz bir yillik bayramini munosib kutib olish ishlari amalga oshirildi.

Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 1-shoʻba: Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha avgust seminari tashkil etildi.

2022-yil 22-avgust kuni Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy shahar kasb-hunar maktabi   hamda  ta’lim muassasalari Ijtimoiy gumanitar fanlar, o'zbek, rus, ingliz tillari o'qituvchilari   ishtirokida 1-shoʻba: Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha avgust seminari tashkil etildi.
                                                                                                                                         

Boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida....

Joriy yilning 20-avgust kuni Navoiy viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquvchilarning darsliklar, sinflar va laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan taʼminlanganlik holati hamda oʻquv binosini taʼmirlash va kasb-hunar maktabi hududini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Joriy yilning 20-avgust kuni Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga amaliy yechimini topishda huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida Navoiy viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning mavjud murojaatlari eshitildi va amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Navoiy axborot texnologiyalari texnikumiida 6-shoba: Axborot kommunikatsiyalari sohasi boyicha avgust seminari tashkil etildi.

 2022-yil 19-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi hamda informatika fani mavjud ta’lim muassasalari maxsus fan oqituvchilari  ishtirokida 6-shoba: Axborot kommunikatsiyalari sohasi boyicha avgust seminari tashkil etildi.


20-avgust kuni soat 10:00 da Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida navbatdagi sayyor qabul..

 Navoiy viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’ining  jismoniy va yuridik shaxslarning joylarda sayyor qabullarni o‘tkazish jadvaliga muvofiq joriy yilning 20-avgust kuni soat 10:00 da Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Navoiy shahar kasb-hunar maktabida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etild

 2022-yil 18-avgustda Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Navoiy shahar kasb-hunar maktabi   hamda  ta’lim muassasalari Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq fanlari o'qituvchilari   ishtirokida 4-shoʻba: Ijtimoiy fanlar, tabiiy fanlar, biznes va huquq sohasi bo`yicha avgust seminari tashkil etildi.
                                                                                                                                      

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni