KUN HIKMATI

  “Agar sen ham aqlli kishilarning safida bo‘lging kelsa, har kuni bir marta, yo haftada bir marta, hech bo‘lmasa oyda bir marta o‘zinga o‘zing hisob ber!”

✍️ Abay

Navoiy viloyati yuridik texnikumida xushxabar!

 Texnikumning 21-guruh o'quvchisi Xayrullayev Feruzbek o'quvchilar orasida birinchilardan bo'lib IELTS imtihonidan umumiy 6.5 ball to'plab xalqaro sertifikatni qo'lga kiritdi.

 Ushbu munosabat bilan viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi  jamoasi Xayrullayev Feruzbekni samimiy tabriklab, kelgusi o'qishlarida omad va zafarlar tilaydi!

 

Bugun-xalqaro hamshiralar kuni

12 may-hamshiralik ishi asoschisi Florens Naytingeyl (1820-1910) tug‘ilgan kunda dunyo hamshiralari o‘z kasb bayrami - Butunjahon hamshiralar kunini nishonlashadi.

Xalqaro hamshiralar kunini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror 1899 yilda tuzilgan Xalqaro kengashga tegishli. Bu Avstraliya, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda hamshiralar ishni qadrlagan dunyodagi birinchi professional ayollar tashkiloti bo‘ldi.

Kengash har yili Xalqaro hamshiralar kuni shiorini belgilaydi. Ushbu shior ostida ko‘plab mamlakatlarda konferensiya, seminar va davra suhbatlari o‘tkaziladi.

Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufida taqsil olayotgan bulajak hamshiralarimizni hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha hamshiralarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.

9-may Xotira va qadrlash kuni

  9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 77 yilligi munosabati bilan Navbahor tuman kasb-hunar maktabida "Sharaf lentasi" targ'ibot aktsiyasi doirasida maktab rahbarlari va o‘quvchi-yoshlarga sharaf lentasi taqildi.

"Sharaf lentasi" targ'ibot aktsiyasi o'tkazildi

 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaning 77 yilligi munosabati bilan Navbahor tuman kasb-hunar maktabida "Sharaf lentasi" targ'ibot aktsiyasi doirasida maktab rahbarlari va o‘quvchi-yoshlarga sharaf lentasi taqildi.

O‘zbekistonning demografik koʻrsatkichlari raqamlarda

 Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning  demografik koʻrsatkichlari qo‘yidagicha bo‘lgan (https://t.me/statistika_rasmiy/2216). 

Aholi soni – 35,4 mln kishi
♀Ayollar soni – 17,6 mln nafar
♂Erkaklar soni – 17,8 mln nafar

 Shaharda yashovchilar – 18 mln nafar
 Qishloqda yashovchilar – 17,4 mln nafar

Tugʻilish soni – 203,7 ming nafar

 Oʻlimlar soni – 40,4 ming nafar

 Nikohlar soni – 57,9 mingta
 Ajrimlar soni – 12,2 mingta

Tashqi migratsiya ⬇️
 Koʻchib kelganlar – 400 nafar
 ✈️ Koʻchib ketganlar – 1,2 ming kishi

"ZAKOVAT" intelektual o'yini bo'lib o'tdi.

 2022-yil 5-may kuni Navoiy Axborot texnologiyalari texnikumida "ZAKOVAT" intelektual o'yini bo'lib  o'tdi. Tadbirda "Ахborot xavfsizligi"  yo'nalishi  o'quvchilari g'oliblikni  qo'lga  kiritishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni