Yangiliklar

"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .

2022-yil 25-aprel  kuni Uchquduq sanoat texnikumida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .Bellashuvda 1-21, 4-21, 5-21 va 8-21 guruh oʻquvchi-yoshlari  4 shart asosida  oʻzaro bellashdilar. Tadbir davomida guruh  ishtirokchilari tomonidan  sahna koʻrinishi, videoroliklar hakamlar hayatiga namoyish etildi . Yakuniy hisobga koʻra 4-21 guruhi jamoasi faxrli 1-oʻrni qoʻlga kiritdi.

Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi.

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasbga qiziqtirish va keyingi o'quv yilida mazkur kasb-hunar maktabiga qamrab olish uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi. Bunda asosan kasblar haqida videoroliklar, ko'rgazmalar, taqdimotlar, o'qituvchi-pedagog hamda ICHTUlar va o'quvchi-yoshlar tomonidan ta'lim muassasasida mavjud kasblar kesimida mahorat dars ( master-klass) mashg'ulotlari o'tkazildi. Shuningdek, ochiq eshiklar kunida maktab o'quvchilari kasb-hunar maktabining barcha o'quv binolari, o'quvchilar turar joyi (Yotoqxona), sport zal, o'quv ustaxonalari hamda axborot-kutubxonasi va o'quvchi-yoshlarni kasb-hunar, bilim ko'nikma va malaka egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Darxon Ravon luks" korxonasi bilan tanishishdi

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Avtomobillarni ta'mirlash chilangari"  yo'nalishi o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti oldidan tumandagi "Darxon Ravon luks"  korxonasi bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish ta'limi ustasi M. Berdiyev bilan birgalikda korxonaning qulayliklar va sharoitlari bilan tanishishdi.

Xushxabar

 Joriy yilning 19-20 aprel kunlari Sirdaryo  shahrida professional ta'lim muassasa o'quvchilari o'rtasida "Barkamol avlod-2021" sport musoboqasining SHAXMAT sport turidan Respublika bosqichi bo'lib o'tdi. Respublika final bosqichida Xatirchi tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchisi Bashritdinova Ruxshona faxrli 2-o‘rinni egallab,🥈 kumush medal, 2-darajali diplom va maxsus sertifikatni qo‘lga kiritdi.

"Kasbim mening fahrim" mavzusida "Qo‘l mehnati" tanlovi o‘tkazildi.

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida  "Kasbim mening  fahrim"  mavzusida  "Qo‘l  mehnati"   tanlovi  o‘tkazildi. Tanlovda  g‘oliblikni  qo‘lga  kiritgan  o‘quvchilar ga  kasb-hunar maktabi direktori A. Xudayberdiyev  tomonidan  faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

BO‘LAJAK SHIFOKORLAR QASAMYOD QABUL QILDILAR

 Joriy 2021-2022 o‘quv yilida "Xatirchi Abu Ali Ibn Sino" nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga jami 450 nafar yoshlar o‘qishga qabul qilindi.Oldiga ulug‘ maqsadlarni qo‘yib, odamlar salomatligiga o‘zini kamarbasta deb bilgan bo‘lajak shifokorlar har qanday sharoitda qutlug‘ va sharafli burchiga qat’iy amal qilib, tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarga qo‘lidan kelgan muolajani berishga o‘zlarida kuch topishlari, xalq salomatligi yo‘lida bor bilim va g‘ayratlarini safarbar etishlari ham qarz, ham farzdir.


Navoiy viloyati professional ta'lim tizimi koordinatorlari

Konimex tumani hokimligi, Davlat xavsizlik xizmati, O'zbekiston futbol federatsiyasi, Yoshlar ishlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan 
"Besh tashabbus olimpiadasi"ning ochilish marosimida  qalbda shijoat-iftixor ila faol ishtirok etishmoqda

 

"Yangi Qiziltepa yoshlar nigohida" shiori ostida "Tanlagan kasbim -mening kelajagim" mavzusida seminar tashkil etildi.

                                                                                                                                                                                          2022-yil 8-aprel  sanasida Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar  maktabida "Yangi Qiziltepa yoshlar nigohida" shiori ostida "Tanlagan kasbim -mening kelajagim" mavzusida seminar tashkil etildi. 

🔰 Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad: "Yoshlarga oid davlat siyosati"ning amalga oshirilishi, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda bugungi kunda kasb-hunar maktabida faoliyat olib borilayotgan mutaxassisliklar boyicha o'qitilayotgan ingliz tili fani, "Bir million" dasturchi, besh tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar, tadbirkorlik faoliyati hamda barcha yo'nalishlar bo'yicha taqdimotlar, "Yashil makon" umummilliy loyihasi bo'yicha qilingan ishlar.

Tadbir davomida:   Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida :                                                                                                 1.  “Bir million  dasturchi” loyihasi bo’yicha dasturlash texnologiyasini o’rganish  to`garagi.                                                                                                                                         
2.  “Zakovat” intellektual o’yini.
3.  Harbiy vatanparvarlik mashqlari va sport  musobaqalari.
4.  Besh tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar.
5.  Qisqa muddatli kurslarni tashkil etilganligi.
6.  Barcha yo’nalishlar bo’yicha taqdimot
7.  Tadbirkorlik faoliyatlari bilan tanishish.
-issiqxona
-baliqchilik
-parrandachilik
-quyonchilik
8.  “Yashil makon” umummilliy loyiha doirasida  ko’chat o’tqazish ishlari tashkil etildi.
O'quv ustaxonasida "Tanlagan kasbim -mening kelajagim" mavzusida kasb-hunar maktabida 9-sinf bitiruvchilarini jalb qilish maqsadida "Ochiq eshilar kuni" tashkil etilib, mavjud yo'nalishlar  bo'yicha  ingliz tilida ochiq darslar hamda avtomobillarni boshqarish o'quv mashqlari va payvandlovchi yo'nalishlarida amaliy mashg'ulotlar tashkil etildi.

🖇 Hamkor tashkilotlar: Qiziltepa  tumani hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi, Qiziltepa tumani XTB, Qiziltepa tuman aholini bandligiga ko'maklashish markazi,  Qiziltepa tuman  AKM hamda OAV.

💫 Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig'i N.R.Ulug'berdiyev bugungi kunda professional ta'lim tizimida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarga berilayotgan qator imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdilar.                                                                                                                                                                                                 Qiziltepa  tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari O'. Istamov  tumanda olib borilayotgan ishlar yuzasidan gapirib, kasb-hunar maktabining faoliyati bilan tanishib chiqdi. 

⚡️Seminar  yuqori kayfiyatda boshlanib, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga bag'ishlab sahna ko'rinishlari, O'zbekiston Xalq shoiri, Qiziltepa farzandi Oydin Hojiyeva ijodidan namunalar ko'rsatilgan holda  sumalak atrofida milliy raqslar, laparlar, kuy-qo'shiqlar kuylandi.

✨O'quvchi yoshlar shijoati, ertangi kunga bo'lgan ishonchi, ularning yonib turgan ko'zlaridagi g'ayrati barcha tashrif buyurganlarda juda katta qiziqish uyg'otdi.

📌 Seminar  ishtirokchilari o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni