Yangiliklar

Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, psixologiyaning o'rni ish faoliyati va vazifalari" mavzusida seminar- trening o'tkazildi.

2022 -yil 22-fevral sanasida Viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa 2-son kasb-hunar maktabida.

" Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, psixologiyaning o'rni ish faoliyati va vazifalari"  mavzusida seminar- trening o'tkazildi.

🔰 Semenardan ko'zlangan asosiy maqsad: Professional ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan psixologlarning ta'lim muassasasida ish faoliyatini tashkil etish bo'yicha bilim, ko'nikma, o'smirlar orasida suistid, ularda ruhiy zarba stres, agressiv va xavotirlanish holatlarini oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha  psixolorafilaktik, psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni tashkil etish.                                                                                                          

 🖇Hamkor tashkilotlar: Navoiy Davlat Pedagogika Instituti,Tuman Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash  markazi hamda OAV.

📃Oliy Ta'lim Muassasasi Professor o'qituvchisi D.X.Umirzokov, Sh.A.Utamurodovlar tomonidan tayyorlab kelingan ma'ruzadan seminar ishtirokchilari sohaga oid ko'plab yangiliklarni o'zlashtirib olishdi.

🗒Qiziltepa tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Xolova Mehrinniso psixologlarning bugungi jamiyatdagi o'rni va roli borasida o'zining samimiy fikrlarini bildiribgina qolmay ularga taklif va mulohazalarni aytib ham o'tdi. Mardisаdikova Jansaya, Normurodova Shaxlo, G'ofurova Kamola, Begmonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan o'qituvchi va o'quvchilarda muloqatchanlikni rivojlantirishga qaratilgan psixotrening seminar ishtirokchilarida katta ta'surot qoldirdi.

💫Amaliy trening chog'ida ishtirokchilar kayfiyatni ko'tarish, ular o'rtasida ijobiy fikirlashni rivojlantirish, guruhda sog'lom muhitni shakillantirish, shu bilan bir qatorda turli xil vaziyatlarda o'zgarishlar bilan muloqotga kirishishdagi to'siqlarni bartaraf etish, o'z-o'ziga past baho berishni o'zgartirish va o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash borasida kutilgan natijaga erishish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.

📌Seminar- trening ishtirokchilari o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.  

БУЮК МУТАФАККИР ХОТИРАСИГА ЭҲТИРОМ

Aлишер Навоий ўзбек маданияти, адабиёти тарихидаги улуғ сиймолардан бири. У ўзининг ҳаёти, ижодини ҳаққа ва халққа бағишлаган инсондир. Навоий лирик ва эпик шоир, адабиётшунос олим ҳамда таржимон сифатида маданиятимиз тарихида алоҳида ўрин тутаган қаламкашлардан бири ҳисобланади. Жумладан, ҳар йили буюк мутафаккирнинг таваллуд айёмини нишонлаш юртимизда анъана тусига кирган. Шу сабабли, сўз мулкининг султони Aлишер Навоий 
таваллудининг 581 йиллиги муносабати билан Конимех тумани ҳокими Муратхан Эгамқулов бошчилигида кенг жамоатчилик вакиллари туман марказида янгидан очилган "Aдиблар боғи"га ташриф буюриб Навоий бобомиз пойига гуллар қўйиб, улуғ шоирнинг хотирасини ёдга олишди. Кўтарингки руҳда ташкиллаштирилган байрам дастурида Конимех тумани касб-хунар мактаби ёшлари  томонидан спектакллар, Алишер Навоийнинг ғазаллари ўқилди. Қўшиққа айланган байтлари ижро этилиб, саҳна асарларидан парчалар намойиш этилди.

Uchquduq sanoat texnikumida o'quvchi-yoshlari o'rtasida musobaqa o'tkazildi.

 2022-yilning 2-fevral  kuni  Uchquduq sanoat texnikumida   sportning  futbol sport turi  bo'yicha  o'quvchi-yoshlari o'rtasida  musobaqa o'tkazildi. Mazkur musobaqa yoshlarimiz o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish  hamda  jismoniy  faolligini oshirishga qaratilgan.

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashevning tashrifi

 Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev vazirlik tarkibidagi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan professional taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Unda Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamda Samarqand qurilish kolleji ustaxonalaridan foydalanish unumdorligini oshirish, ustaxonalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻquvchilar amaliyotlarini oʻtash jarayonida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, byudjetdan tashqari mablagʻ topish ishlarini kengaytirish uchun qilish zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Хитойнинг СС7 компанияси директори Пан Минг ва Навбаҳор Касб-ҳунар мактаби ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди.

 Жорий йилнинг 12-январь куни Навоий вилояти ҳокимининг инвестициялар, инновациялар, хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш, эркин иқтисодий ва кичик саноат зоналари ҳамда туризмни ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари К.Ҳасанов, Навоий вилоят Миграция агентлиги раҳбари Қ.Ражабов, Навбаҳор туман касб-ҳунар мактаби директори Ж.Шомуродов ҳамда Хитойнинг СС7 компанияси ижрочи директори Пан Минг лар иштирокида ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди. Ўзаро ҳамкорлик шартномасидан кўзланган асосий мақсад касб-ҳунар мактаби ўқувчиларини ўз мутахассисликлари бўйича  СС 7 компаниясида иш билан таъминлашдан иборат. Шунингдек Шартнома имзолаш маросимида СС7 компанияси томонидан касб-ҳунар мактабига ўзаро манфаатли  ҳамкорликка миннатдорчилик тариқасида 10.000000 сўмлик жиҳозларни тақдим этди.

DIQQAT! MUHIM XABAR!!!

 

Tezkor

Hurmatli professor-oʻqituvchilar, ota-onalar va qadrli talaba-oʻquvchilar diqqatiga!

Xabaringiz bor, (https://t.me/eduuz/7642) 2021-yil 24-dekabrda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.

Qaror (https://lex.uz/docs/5793251) bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi. 

Bu oʻz navbatida, oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida yangicha tizim asosida yondashuvni talab etadi.

Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtganligi sababli kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilari uchun asosiy ishdan ajralgan holda oʻquvlar barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladi.

Bu jarayonga oliy ta’lim muassasalari huzuridagi barcha professional ta’lim muassasalari hamda akademik litseylar rahbarlari ham jalb etiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2021/2022-oʻquv yilining ikkinchi yarmini toʻliq va puxta tayyorgarlik koʻrgan holda boshlash maqsadida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

Oʻz navbatida, qishki ta’til davrida oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-oʻquvchilarining vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorligida onlayn fan olimpiadalari, intellektual viktorinalar tashkil etiladi.

Barcha yoshlarimizni ushbu tadbirlarda ishtirok etib, oʻz salohiyatlarini namoyon qilishga chorlab qolamiz!

Talaba-oʻquvchilarga oʻz uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022-yilning 24-yanvariga qadar uzaytirildi.

Va asosiysi – 2022-yilning 11-yanvarigacha boʻlgan muddatga xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

"Boshlang’ich professional ta’limda o’quv amaliyotlari va xorijiy tillarni o’qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish" mavzusidagi seminardan lavhalar

Joriy yilning 30-noyabr kuni Navbahor tuman kasb-hunar maktabida "Boshlang’ich professional  ta’limda  o’quv  amaliyotlari  va  xorijiy  tillarni  o’qitishda  innovatsion  ta’lim  texnologiyalaridan  foydalanish" mavzusida o'quv-amaliy seminari tashkil etildi. 

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni