⚡️ Noyabr va dekabr oylari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi
📌 Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va takliflardan kelib chiqqan holda chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari noyabr va dekabr oylarida ham o‘tkazilishi belgilandi.
⏳ Bunda test sinovlari noyabr oyida ingliz, nemis va fransuz tillaridan, dekabr oyida esa ingliz, nemis, fransuz va arab tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.































