Konimex tuman kasb hunar maktabida "Kasb mahorati" tanlovi o‘tkazildi.

 Konimex tuman kasb hunar maktabida 2-bosqich  o‘quvchilari  o‘rtasida Maxsus  fanlar  oyligi  munosabati  bilan"  Kasb mahorati"  tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 5 ta yo‘nalish o‘quvchilari  ishtirok etdi.Tanlovni 10 nafardan iborat kommisiya  a'zolari tomonidan kuzatilib baholanib borildi. Tanlovda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining  kasblari  bo‘yicha 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Professional ta’lim muassasalari tizimli o‘rganilmoqda

 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi  guruhi tomonidan  Navoy arxitekura va qurilish texnikumi hamda Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyati 2023-yil 28-yanvar kuni o‘rganildi. Ishchi guruh Markazning o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarini, zarur xom-ashyo mahsulotlari, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlanganligini, yotoqxona binolarining holati va oshxonalarda tinglovchilar uchun ovqatlanishni tashkil etilganligini, zamonaviy o‘quv, o‘quv metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o’rganildi.

KITOBXONLIK

 Joriy yilning 26-yanvar kuni Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Prezidentimizning beshta muhim tashabbus loyihasining 4-bandini ijrosini ta'minlash maqsadida kitobxonlik kechasi tashkil etildi.
📚Bunda O'. Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari yuzasidan savol javob bo'lib o'tdi.

1 Daqiqada kitob o'qish...

 1 Daqiqada kitob o'qish tezligi bo'yicha rekord 16 yoshli Kiyevlik Irina Ivachenkoga tegishli - u 1 daqiqada 163 333 so'z o’qigan va ginneslar rekordlar kitobiga kirgan.

QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib maktabning oʻquv ustaxonasida boʻlib oʻquvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (ICHTU) ning taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish  jarayonini kuzatdi. Dars jarayonlari bilan tanishish vaqtida N.Ulugʻberdiyev tarixiy davrdagi oʻzining ilmi bilan butun dunyoni lol qoldirgan "Muhaddislar sultoni", "Al-Jome' as-Sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriy shuningdek Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariylar hayot yoʻlini ibrat sifatida oʻquvchi-yoshlarga aytib oʻtdi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi kasb-hunar maktabining oʻquvchi yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib  oʻtdi.

QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq sanoat texnikumiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida texnikum direktori Sh.Nazarov bilan birgalikda  texnikumning oʻquv ustaxonasi, sport zali hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib chiqdilar va oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz maslahatlarini berib oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida sport toʻgaraklari tashkil etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdilar

PROFESSIONAL TA'LIM MUSSASALARINING QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

18-yanvar kuni Viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulug'berdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib, qishki ta'tildan so'ng o'quvchilarning kayfiyati, darslarga bo'lgan qiziqishlari, ta'lim jarayoni bilan tanishdi. Shunigdek, anomal sovuq ob-havo sharoitida professional ta'lim muassasalarining qozonxonalari hamda isitish tizimini ko'zdan kechirib, auditoriyalarni doimiy issiqligini ta'minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

“Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” mavzusida quvnoq startlar sport bellashuvi tashkil etildi.

 Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31-yilligi sharafiga “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” mavzusida  quvnoq startlar sport bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridan iborat "Qalqon" hamda "Alpomish" jamoalari ishtirok etishdi. Turli xil sport va koʻngilochar shartlaridan iborat bellashuvda "Alpomish" jamoasi gʻolib boʻldi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni