Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan "Besh tashabbus" loyihasining 4-bandi ijrosi yuzasidan Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovida Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi matematika fani o'qituvchisi Xosiyat Gʻafforova tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallaganligi munosabati bilan tuman hokimi U.Fayziyev tomonidan estalik nishoni va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Kitobxon
«Kasbiy faoliyatda taqdimot va ta'sirchan nutqning ahamiyati»
Navoiy viloyati yuridik texnikumida «Davlat huquqiy faoliyat» yo'nalishi 39-guruh o'quvchilari o'rtasida «Davlat tilida ish yuritish» hamda «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fanlaridan «Kasbiy faoliyatda taqdimot va ta'sirchan nutqning ahamiyati» mavzusida noan'anaviy dars mashg'uloti o'tkazildi. «Davlat tilida ish yuritish» fani o'qituvchisi Z.Xasanova, «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fani o'qituvchisi L.Hamidovalar tomonidan o'quvchilarga kasbiy faoliyatga doir taqdimot tayyorlash vazifasi topshirilgan edi. O'quvchilar o'zlarining hozirda faoliyat yuritayotgan yoki kelgusida egallamoqchi bo'lgan kasblariga doir bilim, malaka, ko'nikmalar haqida taqdimotlarini namoyish etdilar. O'quvchilar ta'sirchan nutq vazifasi doirasida o'zlarining ijodiy ishlarini she'r aytish, monolog ko'rinishida taqdim etdilar. Tadbir bayramona ruhda o'tdi va barcha yig'ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.
OTA-ONALARGA TASHAKKURNOMA BERILDI
Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikumi rahbariyati tomonidan "Idrok" intellektual o'yinining g‘oliblari va ularning ota-onalarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 2022-yilning 12-13 dekabr kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovning natijalarga ko‘ra 2-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi yoshlarini taqdirlash marosimida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ota - onalarga minnatdorchilik xatlari hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
"Energetiklar" kuni munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida .....
"Energetiklar" kuni munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Elektrenergetika tizimining Oʻzbekistondagi rivoji" mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
Bundan asosiy maqsad "Elektromontyor" yoʻnalishini yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashishdan iborat.
Seminarda Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamda Navoiy Arxitektura va qurilish texnikumi "Elektromontyor" yoʻnalishi Ishlab chiqarish taʼlim ustalari ham ishtirok etishdi.
21-dekabr – Krossvord paydo bo‘lgan kun
21-dekabr – Krossvord paydo bo‘lgan kun Amerikaning “The New York World” gazetasi 1913-yil 21-dekabr kuni “krossvord” - kodlangan shifrlangan xabarlarni bosib chiqargan. Mazkur boshqotirma 32 so‘zdan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda bu janr barcha gazetalarning ajralmas qismiga aylangan. Buning uchun birinchi krossvord muallifi Artur Uinniga “Tashakkur” aytish kerak.
Prezident_murojaatnomasi
Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda yoshlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari asosida o‘qitiladi Davlatimiz rahbari o‘z murajaatida professional ta'lim sohasiga ham to‘xtaldi. Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi. 2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming joy ajratiladi. Bu joriy yilgidan 30 mingga koʻproq.Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari bilan qamrab olinadi. 2023-yildan boshlab 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.
Prezident_murojaatnomasi
Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusini yig‘ilganlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. “Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.
2023 ЙИЛ- «ИНСОНГА ЭЪТИБОР ВА СИФАТЛИ ТАЪЛИМ» йили
⚡️2023 ЙИЛ- «ИНСОНГА ЭЪТИБОР ВА СИФАТЛИ ТАЪЛИМ» йили
1991йил —Алишер Навоий йили.
1992 йил —Ҳамширалар йили.
1993 йил —Аҳмад Яссавий йили.
1994 йил —Мирзо Улуғбек йили.
1995 йил —Абу Али ибн Сино йили.
1996 йил — Амир Темур йили.
1997 йил —Инсон манфаатлари йили.
1998 йил —Оила йили.
1999 йил —Аёллар йили.
2000 йил —Соғлом авлод йили
2001 йил —Она ва бола йили.
2002 йил —Қарияларни қадрлаш йили.
2003 йил —Обод маҳалла йили.
2004 йил Меҳр-мурувват йили.
2005 йил —Сиҳат-саломатлик йили.
2006 йил —Ҳомийлар ва шифокорлар йили.
2007 йил —Ижтимоий ҳимоя йили.
2008 йил — Ёшлар йили.
2009 йил —Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили.
2010 йил —Баркамол авлод йили.
2011 йил —Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили.
2012 йил —Мустаҳкам оила йили.
2013 йил —Обод турмуш йили.
2014 йил —Соғлом бола йили.
2015 йил —Кексаларни еʼзозлаш йили.
2016 йил —Соғлом она ва бола йили.
2017 йил— Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили.
2018 йил —Фаол тадбиркорлик, инноватсион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили.
2019 йил —Фаол инвеститсиялар ва ижтимоий ривожланиш йили.
2020 йил (Илм-маьрифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили
2021-йил —Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили.
2022 йил —Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили.


















