Navoiy viloyati yuridik texnikumida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston “Adolat” SDP ning “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida” loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. 

Mazkur ko’rik-tanlov yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o’stirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Navoiy viloyatining turli tumanlarini sha’nini himoya qilgan 8 nafar ishtirokchi 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko’ra 1-o’rinni yuridik texnikum o’quvchisi Shahriddinova Barchinoy, 2-o’rinni ham yuridik texnikum o’quvchisi To’raqulova Madina hamda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan Qiziltepa tumani ishtirokchisi Ismoilova Setora egallashdi.

Tadbir yakunida yuqori o’rin sohiblariga diplom va esdalik sovg’alariga, qolaversa faol ishtirokchilar ham faxriy yorliq hamda sovg’alari topshirildi.

 

Navoiy viloyati “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalari jarayonidan lavhalar

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 4 октябрдаги 89-сонли баёнида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш бўйича спортнинг Гандбол (ўғиллар ва қизлар) тури бўйича “Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичи жорий йилнинг 23-24 ноябрь кунлари Навоий вилоятида ташкил этилди.

“Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичидан лавҳалар

 

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 4 октябрдаги 89-сонли баёнида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш бўйича спортнинг Гандбол (ўғиллар ва қизлар) тури бўйича “Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичи жорий йилнинг 23-24 ноябрь кунлари Навоий вилоятида ташкил этилди.

Prezidentimiz tomonidan respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar qizg'in davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida  ham ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Муқаддасдир ватан байроғи» шиори остида ўтказилаётган фоточеллинждан лавҳалар.

  Хатирчи агротехнологиялар техникуми ўқувчилари 2021 йил 18-ноябрда «Ўзбекистон Республикаси байроғи тўғрисида»ги қонун қабул қилинганглигининг 30 йиллиги муносабати билан «Муқаддасдир ватан байроғи» шиори остида ўтказилаётган фоточеллинждан лавҳалар.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni