Хитойнинг СС7 компанияси директори Пан Минг ва Навбаҳор Касб-ҳунар мактаби ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди.

 Жорий йилнинг 12-январь куни Навоий вилояти ҳокимининг инвестициялар, инновациялар, хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш, эркин иқтисодий ва кичик саноат зоналари ҳамда туризмни ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари К.Ҳасанов, Навоий вилоят Миграция агентлиги раҳбари Қ.Ражабов, Навбаҳор туман касб-ҳунар мактаби директори Ж.Шомуродов ҳамда Хитойнинг СС7 компанияси ижрочи директори Пан Минг лар иштирокида ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди. Ўзаро ҳамкорлик шартномасидан кўзланган асосий мақсад касб-ҳунар мактаби ўқувчиларини ўз мутахассисликлари бўйича  СС 7 компаниясида иш билан таъминлашдан иборат. Шунингдек Шартнома имзолаш маросимида СС7 компанияси томонидан касб-ҳунар мактабига ўзаро манфаатли  ҳамкорликка миннатдорчилик тариқасида 10.000000 сўмлик жиҳозларни тақдим этди.

Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

 Uchquduq sanoat texnikumida joriy yilning 11-yanvar kuni  "Konchilik ishi"  va "Elektronika va asbobsozlik" kafedrasi  o'qituvchi va ishlab chiqarish ta'lim ustalari  ishtirokida  navbatdagi "Zakovat" intellektual  o'yini  bo'lib o'tdi.

Zakovat intellektual o‘yini tashkil qilindi.

   Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida qishki ta’tilni samarali o‘tkazish maqsadida pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining vatanga bo‘lgan muhabbat, burchga sadoqat, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Mening orzu maqsadlarim" mavzularda trening mashg'ulotlari o'tkazildi.

 Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida  qishki ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida pedagog xodimlar o'rtasida "Mening orzu maqsadlarim", "Men sizdan uzr so'rayman" kabi mavzularda  trening mashg'ulotlari o'tkazildi. O'qituvchilar o'zlarini orzu maqsadlarini yozib orzular doskasiga ildirib qo'ydilar va  pedagogik jamoada psixologik muhitni yaxshilash uchun men sizdan uzr so'rayman kabi so'zlarni yozib xafa qilib qo'ygan kishilaridan uzr so'rashi aytildi va bir-birini kechirishiga yordam  berildi.O'qituvchilar bilan sog'lom turmush tarziga amal qilishi o'zini va yaqinlarini sevishi va insonlarni kechirishi, boricha qabul qilishi kabi mavzularda  suhbat olib borildi. O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan trening mashg'ulotini kasb-hunar maktabi psixologlari K.G'offorova va G.Xamidovalar tomonidan o'tkazildi.

ZOOM platformasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil etildi

 Joriy yilning 10-yanvar kuni Navoiy pedagogika kollejida oʻqituvchilarni qishki taʼtil vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida taʼlim muassasasida axborot resurs markazi va kutubxonasida maktabgacha taʼlimga oid yangi oʻquv meʼyoriy hujjatlari asosida uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori ijrosi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Shuningdek, taʼlim muassasasining ikkinchi bosqich oʻquvchilarini qishki taʼtilini mazmunli tashkil qilish yuzasidan 150 nafar oʻquvchilar bilan ZOOM platformasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil etildi. Mazkur onlayn tarzida oʻtkazilgan davra suhbatida guruhlar oʻrtasida axborot texnologiyalari va internet savodxonligi boʻyicha onlayn viktorinalar tashkil qilinishi beliglandi.

Shaxmat va shashka sport turlari bo'yicha musobaqa tashkil etildi

 Joriy yilning 10 - yanvar kuni Uchquduq sanoat texnikumida qishki ta'tilni mazmunli hamda maroqli  o'tkazish maqsadida texnikumning pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish ta'limi ustalari uchun shaxmat va shashka sport turlari  bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Joriy yilning 8-yanvar kuni Nurota 2-son kasb-hunar maktabida sportning mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo'lib o'tdi.

 Joriy yilning 8-yanvar kuni  Nurota 2-son kasb -hunar maktabi pedagog va ishchi  xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol  sport  turi bo‘yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Nihoyatda qiziqarli va ko'tarinki ruhda o‘tgan  musobaqa barchaga  manzur bo‘ldi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni