БУЮК МУТАФАККИР ХОТИРАСИГА ЭҲТИРОМ

Aлишер Навоий ўзбек маданияти, адабиёти тарихидаги улуғ сиймолардан бири. У ўзининг ҳаёти, ижодини ҳаққа ва халққа бағишлаган инсондир. Навоий лирик ва эпик шоир, адабиётшунос олим ҳамда таржимон сифатида маданиятимиз тарихида алоҳида ўрин тутаган қаламкашлардан бири ҳисобланади. Жумладан, ҳар йили буюк мутафаккирнинг таваллуд айёмини нишонлаш юртимизда анъана тусига кирган. Шу сабабли, сўз мулкининг султони Aлишер Навоий 
таваллудининг 581 йиллиги муносабати билан Конимех тумани ҳокими Муратхан Эгамқулов бошчилигида кенг жамоатчилик вакиллари туман марказида янгидан очилган "Aдиблар боғи"га ташриф буюриб Навоий бобомиз пойига гуллар қўйиб, улуғ шоирнинг хотирасини ёдга олишди. Кўтарингки руҳда ташкиллаштирилган байрам дастурида Конимех тумани касб-хунар мактаби ёшлари  томонидан спектакллар, Алишер Навоийнинг ғазаллари ўқилди. Қўшиққа айланган байтлари ижро этилиб, саҳна асарларидан парчалар намойиш этилди.

Kun_Hikmati

 Har bir inson munosib yashash uchun yetarlicha kuchga ega. Zamonning og'irligi haqidagi gaplar dangasalikni oqlash uchun bahona.

✍️ Lev Landau

"Navoiy asarlari qahramonlari" mavzusida onlayn rasmlar tanlovi o‘tkazilmoqda

Buyuk shoir va mutafakkir  hazrat Alisher Navoiy tavalludining  581 yilligi  munosabati bilan Uchquduq sanoat texnikumida  "Navoiy asarlari  qahramonlari"  mavzusida onlayn rasmlar  tanlovi o‘tkazilmoqda

Uchquduq sanoat texnikumida o'quvchi-yoshlari o'rtasida musobaqa o'tkazildi.

 2022-yilning 2-fevral  kuni  Uchquduq sanoat texnikumida   sportning  futbol sport turi  bo'yicha  o'quvchi-yoshlari o'rtasida  musobaqa o'tkazildi. Mazkur musobaqa yoshlarimiz o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish  hamda  jismoniy  faolligini oshirishga qaratilgan.

Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Zakovat" intelektual o‘yini o‘tkazildi.

 Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 29-yanvar kuni "30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kun" munosabati bilan I.Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlab "Zakovat" intelektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yin qiziqarli, munozara va bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Кун хукмати

 Сенга тақдим этилаётган ҳар бир кун мўъжизага тўла! Қалб кўзингни очсанг, уларни кутиб эмас, борлигидан  ҳузур қилиб яшайсан.

©Жалолиддин Румий

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashevning tashrifi

 Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev vazirlik tarkibidagi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan professional taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Unda Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamda Samarqand qurilish kolleji ustaxonalaridan foydalanish unumdorligini oshirish, ustaxonalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻquvchilar amaliyotlarini oʻtash jarayonida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, byudjetdan tashqari mablagʻ topish ishlarini kengaytirish uchun qilish zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28-yanvar 2022 yil, PF-60-son.

Farmon bilan tanishish uchun ushbu havola orqali o`ting! Faylni yuklab olish: pf-60-28012022.pdf [5,09 Mb] (yuklangan: 57)
Onlayn ko`rish: pf-60-28012022.pdf
 

Salyd: Faylni yuklab olish: strategija-masadlari-slajd.rar [2,37 Mb] (yuklangan: 12)  

Qo`shimcha ma`lumot o`rnida - https://www.lex.uz/uz/docs/-5491626

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni