Uchquduq sanoat texnikumida o'quvchi-yoshlari o'rtasida musobaqa o'tkazildi.

 2022-yilning 2-fevral  kuni  Uchquduq sanoat texnikumida   sportning  futbol sport turi  bo'yicha  o'quvchi-yoshlari o'rtasida  musobaqa o'tkazildi. Mazkur musobaqa yoshlarimiz o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish  hamda  jismoniy  faolligini oshirishga qaratilgan.

Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida "Zakovat" intelektual o‘yini o‘tkazildi.

 Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 29-yanvar kuni "30-yanvar O‘zbekiston Respublikasi 1-prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kun" munosabati bilan I.Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlab "Zakovat" intelektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yin qiziqarli, munozara va bahslarga boy tarzda o‘tkazildi.

Кун хукмати

 Сенга тақдим этилаётган ҳар бир кун мўъжизага тўла! Қалб кўзингни очсанг, уларни кутиб эмас, борлигидан  ҳузур қилиб яшайсан.

©Жалолиддин Румий

Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashevning tashrifi

 Joriy yilning 28-29-yanvar kunlari Taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi A.Qoʻldashev vazirlik tarkibidagi Navoiy va Samarqand viloyatlarida joylashgan professional taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Unda Navoiy arxitektura va qurilish texnikumi, Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi hamda Samarqand qurilish kolleji ustaxonalaridan foydalanish unumdorligini oshirish, ustaxonalarda yangi ish oʻrinlarini yaratish, oʻquvchilar amaliyotlarini oʻtash jarayonida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, byudjetdan tashqari mablagʻ topish ishlarini kengaytirish uchun qilish zarur boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

2022-2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to`g`risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28-yanvar 2022 yil, PF-60-son.

Farmon bilan tanishish uchun ushbu havola orqali o`ting! Faylni yuklab olish: pf-60-28012022.pdf [5,09 Mb] (yuklangan: 56)
Onlayn ko`rish: pf-60-28012022.pdf
 

Salyd: Faylni yuklab olish: strategija-masadlari-slajd.rar [2,37 Mb] (yuklangan: 12)  

Qo`shimcha ma`lumot o`rnida - https://www.lex.uz/uz/docs/-5491626

Хитойнинг СС7 компанияси директори Пан Минг ва Навбаҳор Касб-ҳунар мактаби ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди.

 Жорий йилнинг 12-январь куни Навоий вилояти ҳокимининг инвестициялар, инновациялар, хусусийлаштирилган корхоналарга кўмаклашиш, эркин иқтисодий ва кичик саноат зоналари ҳамда туризмни ривожлантириш масалалари бўйича ўринбосари К.Ҳасанов, Навоий вилоят Миграция агентлиги раҳбари Қ.Ражабов, Навбаҳор туман касб-ҳунар мактаби директори Ж.Шомуродов ҳамда Хитойнинг СС7 компанияси ижрочи директори Пан Минг лар иштирокида ўзаро ҳамкорлик шартномаси имзоланди. Ўзаро ҳамкорлик шартномасидан кўзланган асосий мақсад касб-ҳунар мактаби ўқувчиларини ўз мутахассисликлари бўйича  СС 7 компаниясида иш билан таъминлашдан иборат. Шунингдек Шартнома имзолаш маросимида СС7 компанияси томонидан касб-ҳунар мактабига ўзаро манфаатли  ҳамкорликка миннатдорчилик тариқасида 10.000000 сўмлик жиҳозларни тақдим этди.

Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

 Uchquduq sanoat texnikumida joriy yilning 11-yanvar kuni  "Konchilik ishi"  va "Elektronika va asbobsozlik" kafedrasi  o'qituvchi va ishlab chiqarish ta'lim ustalari  ishtirokida  navbatdagi "Zakovat" intellektual  o'yini  bo'lib o'tdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni