O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to'lgani munosabati bilan Navoiy vil. Yuridik texnikumida "O'zligimiz timsoli - ona tilim!" shiori ostida o'tkazilayotgan haftalik davomida texnikum o'quvchi yoshlari tomonidan chellenj o'tkazdi.
Ona tili – bu millatning ruhidir.
Til-davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.1989-yil 21-oktyabr kuni davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Har bir xalqning ona tilisi uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi. Barchaga o‘zbek tili kuni muborak bo‘lsin!
Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi
Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi. Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi. Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga:
- sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
- kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
- dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan. Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.
Ona_tilim_faxrim
"Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin!" Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sharafli kasb egalari bilan uchrashuv
Konimex tuman kasb-hunar maktabi CHQBT rahbari Feruz Fayziyevich 15-22,19-22 guruhlar bilan birgalikda tuman Mudofaa ishlari bo'limiga sayohat uyushtirdilar. O'quvchi-yoshlarni Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Sardor Rashidovich kutib oldi va Mudofaa ishlari bo'limining ish faoliyati haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi. Mudofaa ishlari bo'limida qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda ishtirok etgan yosh avlodni ko'nglidan kelgusida Vatan himoyasi uchun harbiylar safida xizmat qilishdek sharafli kasbni orzu qilishga undaydigan qiziqarli chiqishlar, shuningdek Mudofaa ishlari bo'limidagi mavjud zahira qurol aslahalar haqida to'liq tushuncha berildi.
So'ngra o'quvchi-yoshlarga mustaqil ravishda ushbu qurol aslahalarni qismlarga ajratish va yig'ish borasida amaliy ko'nikmalar berildi.
"Giyohvandlik yomon illat" mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi
qo‘shimcha daromad topib ota-onalariga ko‘mak bermoqdalar.
"BIZ BIR JAMOAMIZ" PSIXOLOGIK-MOTIVATSION TRENINGI
Navoiy viloyati yuridik texnikumida birinchi bosqich o'quvchi talabalari o'rtasida texnikum shart-sharoitlariga tez va oson moslashish va jamoada ijobiy muhitni shakllantirish maqsadida "BIZ BIR JAMOAMIZ" deb nomlangan trening o'tkazildi.
O‘quvchilar psixolog L.Xamidova tomonidan o‘tkazilgan treningda o'zaro kichik guruhlarda ishlab o‘z orzu maqsadlariga qanday erishish, to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.






















