O`quvchilarga

Ta’lim muassasalarida darslar 5-sentabrdan boshlanadi

 Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan. 

 Shunga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlaridan keyin 5 sentyabr (dushanba) kuni barcha ta’lim muassasalarida 2022-2023 o‘quv yili dars jarayonlari boshlanadi.

1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni); 
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni); 
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

Кun_hikmati

Oltin va kumushi bo’lmagan odam kambag’al emas, balki es-xushi va kasb-hunari bo’lmagan kishi kambag’aldir.

Majid Xavofiy

"Xotira-abadiy, qadr -muqaddas" mavzusida davra suhbati bo'lib o`tdi.

 9 may yurtimizda keng miqyosda “Xotira va qadrlash kuni” katta tantanalar bilan nishonlanib 1941-1945 yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanishi xalqimizga xos qadriyatlar ko‘zgusi sanaladi. Shu munosabat bilan Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi kutubxona o'quv zalida joriy yilning 05-may kuni 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Xotira-abadiy, qadr -muqaddas" mavzusida davra suhbati bo'lib o`tdi.

O'quvchi-yoshlar uchun trening o'tkazildi.

 Uchquduq sanoat tеxnikumi psixologi J.B.Mardisadikova  tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun  trening o'tkazildi. Treningda  o'quvchilarga o'zaro  munosabatlarda va  emotsional   holatlarda  o'zini  boshqara olish, ijobiy   fikrlashni shakllantirish,  o'z-o'z  bilish, o'zgani  tushunish  hamda  muommoli  vaziyatlarni  oldini olish  bo'yicha  zarur ma'lumotlar  berib o'tildi.

Muzeyiga sayohat

 Konimex tuman kasb-hunar maktabi tarix fani  o‘qituvchisi Jahongir Yuldashev o‘z tashabbusi bilan kasb-hunar maktabi o‘quvchi yoshlariga Navoiy viloyati " Ma'naviyat va Ma'rifat" markazi  muzeyiga va "Qatag‘on  qurbonlari  xotirasi" muzeyiga  sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Zukko_kitobxon

Konimex tumani kasb-hunar maktabi bilimdon yoshlari "Zukko kitobxon" intellektual o'yinida munosib ishtirok etishib,faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 4 ta jamoalar o'rtasida tashkil etildi, tadbir qizg'in baxs munozaraga boy  bo'ldi.


Konimex tumani kasb-hunar maktabi yoshlarining navbatdagi g'alabasi

Konimex tumani kasb-hunar maktabi yoshlarining navbatdagi g'alabasi "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida tashkil etilayotgan tanlovlarda kasb-hunar maktabi yoshlari birinchilikni qo'ldan boy bermasdan har sohada faol ishtirok etib faxrli birinchilliklarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda. "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovining g'olibi bo'lishib navbatdagi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Kitob aksiyasi otkazildi.

 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda kitobxonlok madaniyatini rivojlantirish va qollab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risidagi qarori ijrosidan kelib chiqib "Kitobxonlikhaftaligi" doirasida Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Kitob aksiyasi otkazildi. Aksiya doirasida kitob savdosi shuningdek Kutubxona uchun badiiy kitoblar sovg'a qilish tadbiri tashkil etildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni