
#YOSHLAR_FORUMI_2021
Joriy yilning 7-dekabr sanasida Navbahor tuman hokimligi,Navbahor tuman yoshlar ishlari agentligi, Navbahor raqamli texnologiyalar o'quv markazi va Navbahor tuman kasb-hunar maktabi hamkorligida "O'ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI-2021" dasturi doirasida yoshlarni kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida "TEZ YOZ" musobaqasi bo'lib o'tdi. Musobaqa g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
"TEZ YOZ" musobaqasi bo'lib o'tdi.
"Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida insholar ko`rik-tanlovi tashkil qilindi.
7-dekabr kuni Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha 2021-2022-yillarga mo`ljallangan Davlat dasturining 43-bandi "Yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ta`lim berish bo`yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi"da belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" mavzusida insholar ko`rik-tanlovi tashkil qilindi.
"Konstitutsiya faxrimiz, g'ururimiz "mavzusida insho olindi.
1 декабрь – ОИТС га қарши курашиш куни
Ҳар йили 1 декабрь санаси анъанавий равишда «ОИТСга қарши бутунжаҳон кураш куни» сифатида нишонланади. Бу санада ОИТС билан оғриганларни қўллаб-қувватлаш, хасталик аломатлари, ундан сақланиш бўйича огоҳликни ошириш масалаларига жамоатчилик эътиборини қаратиш мақсад қилинади.
Бу юқумли касаллик ижтимоий касалликдир!
Шунинг учун у кенг маънода нафақат иқтисодий, сиёсий зарар келтиради, шунингдек, оилавий, руҳий, маънавий, ахлоқий жиҳатдан салбий оқибатларни келтириб чиқаради. Шундай экан касалликнинг олдини олиш, даволаш, тарқалишини чеклаш ишларида ақл-заковат билан иш тутиш катта аҳамиятга эга.
Kitob oʻqishning 7 foydali tomoni
√ Kitob oʻqish – atrof muhitni, dunyoni va oʻzingizni anglashga yordamlashadi.
√ Kitob oʻqish – yodda saqlash va oʻylash qobiliyatini rivojlantiradi. Yaʼni, koʻp kitob oʻqigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez oʻylab, tez xulosa chiqaradigan boʻladi.
√ Kitob oʻqish – talqin qilish, analiz yasashga va shaxsiy fikrning shakllanishiga yoʻnaltiradi.
√ Kitob oʻqish – koʻpgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos boʻladi.
√ Kitob oʻqish – odamlar bilan toʻgʻri muomala qilishga oʻrgatib, toʻgʻri gapirishni shakllantiradi.
√ Kitob oʻqish – soʻz boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi.
√ Kitob oʻqish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatni yuzaga chiqaradi.



















