Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, g‘oliblarni keyinchalik milliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi II (tuman, shahar) bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, nodavlat ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2 bosqich o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 12-16 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
FAN OLIMPIADALARI II BOSQICHIGA START BERILADI
Muhammad Ali hayoti va ijodi to'g'risida tadbir
2022-yil 10-oktabr kuni Uchquduq sanoat texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-sonli "Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targʻib etish" dasturining 9-bandiga asosan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hayoti va ijodi hamda adabiy merosini faol targ'ib qilish maqsadida adib ijodiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yozuvchi tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar orqali ona Vatanga muxabbat, insonparvarlik gʻoyalari yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida alohida e'tibor qaratildi.
Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/642) orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
"Zakovat" o‘yinining faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan tanishing!
O‘rta maxsus va professional ta‘lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinining Navoiy viloyati bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Respublika bosqichiga yo‘l olgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi a‘zolari bilan tanishing! Kuvandikov Maqsud
Botirova Xurshida
Barakayeva Dilnoza
Abdullayeva Donogul
Quvondiqova Sevinch
Raxmatillayeva Malika
Tairova Dilshoda
Jamoa murabbiyi: Murtazayev Dilshod Jamoaga viloyat sharafini munosib himoya qilgan holda Respublikada ham faxrli o'rinlarni egallashlariga tillakdoshmiz
KONIMEX TUMANI KASB-HUNAR MAKTABI "LIDERLAR" JAMOASI
O‘rta maxsus va professional ta‘lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinining Navoiy viloyati bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Respublika bosqichiga yo‘l olgan Konimex kasb-hunar maktabi jamoasi a‘zolari bilan tanishing!
Bazarbayeva Uljan
Ramazonova Malohat
Namazov Doston
G‘ofurova Nigina
Maxammatova Ibogul
Saydullayev Diyorjon
Jamoa murabbiyi: Yo‘ldoshova Shohsanam
Haqiqiy bilim egalarini kashf etuvchi ushbu intellektual o'yin qizg'in bahs-munozalarga sabab bo'ldi.
💫Jamoaga viloyat sharafini munosib himoya qilgan holda Respublikada ham faxrli o'rinlarni egallashlariga tillakdoshmiz
"Zakovat" o‘yinining faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan tanishing!
O‘rta maxsus va professional ta‘lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinining Navoiy viloyati bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Respublika bosqichiga yo‘l olgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi a‘zolari bilan tanishing!
Kuvandikov Maqsud
Botirova Xurshida
Barakayeva Dilnoza
Abdullayeva Donogul
Quvondiqova Sevinch
Raxmatillayeva Malika
Tairova Dilshoda
Jamoa murabbiyi: Murtazayev Dilshod
Jamoaga viloyat sharafini munosib himoya qilgan holda Respublikada ham faxrli o'rinlarni egallashlariga tillakdoshmiz
“Zakovat” turnirining Navoiy viloyat bosqichi
5-oktabr kuni Navoiy shahar kasb-hunar maktabida O‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining Navoiy viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
O‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining viloyat bosqichida Navoiydagi barcha akademik litsey, kasb-hunar maktabi, texnikum va kollejlardan jamoalar ishtirok etmoqda.
Viloyat bosqichida 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Ta’lim muassasalarida darslar 5-sentabrdan boshlanadi
Prezident farmoniga muvofiq, 2022 yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.
Shunga ko‘ra, Mustaqillik bayrami munosabati bilan dam olish kunlaridan keyin 5 sentyabr (dushanba) kuni barcha ta’lim muassasalarida 2022-2023 o‘quv yili dars jarayonlari boshlanadi.
1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).
Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.
















