
2022-yilning 21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'gʻrisida"gi qarorni ijrosini taʼminlash yuzasidan Uchquduq sanoat texnikumida" Kitobxonlik haftaligi doirasida oʻzbek milliy adabiyotining yirik nomoyondalaridan biri romanist va shoir Shuhrat ning "Oltin zanglamas" romani yuzasidan kitobxonlik kechasi boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha o'quvchi-yoshlarni kitobga bo‘lgan muhabbatini oshirish orqali ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
"Oltin zanglamas" romani yuzasidan kitobxonlik kechasi boʻlib oʻtdi.
Siz_uchun_foydali
“El-yurt umidi” jamg‘armasining @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, bilim uchun 100 million yutib oling!
"Bilim uchun 100 million" loyihasi ommabop loyiha bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan barcha — maktab o'quvchilari, professional ta'lim muassasalari o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va kattalar ham ishtirok etishlari mumkin.
Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich @bilimtestbot Telegram botida onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha); ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) Toshkent shahrida o'ktaziladi. Birinchi bosqich 1-aprel kuni @bilimtestbot’da boshlanadi.
Batafsil ma'lumot
(https://telegra.ph/Bilim-uchun-100-million-loyihasi-haqida-03-27)❗️Eslatib o'tamiz, loyihaning faqatgina @bilimtestbot Telegram boti mavjud. Bu nomga o'xshash nomdagi har qanday kanal, guruh va botlarning bizning olimpiadaga aloqasi yo'q hamda ular feyk! Ayni vaqtda @bilimtestbot’da ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi.
"Haftada bir kitob oyiga 4 ta kitob yiliga 52 dona kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovi
2022-yilning 16-mart kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va Axborot kutubxona markazi hamkorligida "Haftada bir kitob oyiga 4 ta kitob yiliga 52 dona kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi. Kitobxonlik tanlovida kasb-hunar maktabi jamoasi faol ishtirok etishdi.
G 'alaba muborak
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 10-mart kuni Uchquduq tumanida umumta'lim maktabi o'quvchilari va kasb-hunar maktabi o'quvchi yoshlar o'rtasida sportning velamarafon turidan tuman birinchiligi musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada Uchquduq kasb-hunar maktabi 1-20 guruhi o'quvchisi Abdukarimov Ulan 1-o'rinni egalladi.
БАҲОР КЕЛДИ СЕНИ СЎРОҚЛАБ...
Баҳор барчага муборак бўлсин! Янгиланишлар олиб келсин. Яхшиликлар олиб келсин.
Юртимизга меҳру муҳаббат, гўзаллигу нафосатнинг майин созини чалиб БАҲОР кириб келмоқда. Болаларнинг тилида боли, ўрикларнинг гулгун хаёли билан она ер ўзининг мафтункор ва сержило тўнини киймоқда. Дилларда баҳор васфи, ҳаяжон рақси. Деҳқоннинг ер билан сирлашиши, ризқу-рўзимиз мўл, дастурхонларда, оилаларда барака баҳордаги оппоқ ниятга уйғунлашиб, юрт жамолига кўрк қўшаверсин.
Илк баҳор куни миллатимизнинг оташин шоираси Зулфияхоним таваллуд топган кун. Бу буюк қалб баҳорнинг чинакам куйчиси бўлган.
Устоз шоира Зулфияхон сатрларидан:
Салқин саҳарларда, бодом гулида
Бинафша лабида, ерларда баҳор,
Қушларнинг парвози, елларнинг нози,
Бахмал водийларда, қирларда баҳор…
Kun_Hikmati
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil
Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, olim. davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo oilasida tugʻilgan.
Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 1494-yilda 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi.
Bobur 1530-yili 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etgan.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin koʻngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.



















