Konimex tuman kasb-hunar maktabi CHQBT rahbari Feruz Fayziyevich 15-22,19-22 guruhlar bilan birgalikda tuman Mudofaa ishlari bo'limiga sayohat uyushtirdilar. O'quvchi-yoshlarni Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Sardor Rashidovich kutib oldi va Mudofaa ishlari bo'limining ish faoliyati haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi. Mudofaa ishlari bo'limida qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda ishtirok etgan yosh avlodni ko'nglidan kelgusida Vatan himoyasi uchun harbiylar safida xizmat qilishdek sharafli kasbni orzu qilishga undaydigan qiziqarli chiqishlar, shuningdek Mudofaa ishlari bo'limidagi mavjud zahira qurol aslahalar haqida to'liq tushuncha berildi.
So'ngra o'quvchi-yoshlarga mustaqil ravishda ushbu qurol aslahalarni qismlarga ajratish va yig'ish borasida amaliy ko'nikmalar berildi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Sharafli kasb egalari bilan uchrashuv
"Giyohvandlik yomon illat" mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi
qo‘shimcha daromad topib ota-onalariga ko‘mak bermoqdalar.
"BIZ BIR JAMOAMIZ" PSIXOLOGIK-MOTIVATSION TRENINGI
Navoiy viloyati yuridik texnikumida birinchi bosqich o'quvchi talabalari o'rtasida texnikum shart-sharoitlariga tez va oson moslashish va jamoada ijobiy muhitni shakllantirish maqsadida "BIZ BIR JAMOAMIZ" deb nomlangan trening o'tkazildi.
O‘quvchilar psixolog L.Xamidova tomonidan o‘tkazilgan treningda o'zaro kichik guruhlarda ishlab o‘z orzu maqsadlariga qanday erishish, to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
FAN OLIMPIADALARI II BOSQICHIGA START BERILADI
Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, g‘oliblarni keyinchalik milliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi II (tuman, shahar) bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, nodavlat ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2 bosqich o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 12-16 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.
Muhammad Ali hayoti va ijodi to'g'risida tadbir
2022-yil 10-oktabr kuni Uchquduq sanoat texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-sonli "Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targʻib etish" dasturining 9-bandiga asosan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hayoti va ijodi hamda adabiy merosini faol targ'ib qilish maqsadida adib ijodiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yozuvchi tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar orqali ona Vatanga muxabbat, insonparvarlik gʻoyalari yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida alohida e'tibor qaratildi.
Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/642) orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.
"Zakovat" o‘yinining faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan tanishing!
O‘rta maxsus va professional ta‘lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan "Zakovat" o‘yinining Navoiy viloyati bosqichida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan va Respublika bosqichiga yo‘l olgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi jamoasi a‘zolari bilan tanishing! Kuvandikov Maqsud
Botirova Xurshida
Barakayeva Dilnoza
Abdullayeva Donogul
Quvondiqova Sevinch
Raxmatillayeva Malika
Tairova Dilshoda
Jamoa murabbiyi: Murtazayev Dilshod Jamoaga viloyat sharafini munosib himoya qilgan holda Respublikada ham faxrli o'rinlarni egallashlariga tillakdoshmiz

























