Yashil makon
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida DOLZARB 40 KUNLIK "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "KELAJAK UCHUN VIJDONAN KOʻCHAT EKAMAN" aksiyasi boʻyicha tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda Viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev, tuman hokimi oʻrinbosari Oʻ.Istamov va sektor rahbari D.Murodovlar ishtirok etdilar.
Aksiya davomida 200 dan ortiq turli xil daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Yashil makon 🌲🌲🌲🌲🌲
РАСМИЙ МУНОСАБАТ
Ижтимоий тармоқларда Навоий тиббиёт ва юридик техникумларида контракт тўловлари яна кўтарилгани юзасидан эълон қилинган хабар бўйича Навоий вилоят касбий таълимни ривожлантириш ва мувофиқлаштириш ҳудудий бошқармаси қуйидагиларни маълум қилади.
Адлия вазирлигининг 2022 йил 7 сентябрдаги 209-сонли буйруғига асосан тўлов контракт миқдори оширилмаган, аксинча меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорига нисбатан 2021-2022 ўқув йилида 8,5 баробар, 2022-2023 ўқув йилида эса ярим баробар ўтган ўқув йилига нисбатан камайтирилган. Аммо 2022-2023 ўқув йилига келиб, меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори июнь ойида оширилганлиги сабабли тўлов контракт миқдори суммасида ўзгариш бўлган.
Таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг тегишли қарори билан соғлиқни сақлаш таълим йўналишларида таҳсил олаётган талабаларнинг тўлов-контракти миқдори меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 5,7 баробари этиб белгиланган ҳамда меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори ошганда тўлов-контракт қиймати миқдорлари навбатдаги ўқув семестр бошида мос равишда оширилиши кўрсатилган.
Шунга кўра, Навоий Абу Али ибн Сино номидаги жамоат саломатлиги техникумида ҳам меҳнатга ҳақ тўлаш энг кам миқдорининг 5,7 баробарида қолган, аммо меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори июнь ойида оширилганлиги сабабли 2022-2023 ўқув йилига келиб тўлов-контракт миқдори суммасида ўзгариш бўлган.
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida


Joriy yilning 4-noyabr kuni Erta tongdan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida oʻqituvchi va oʻquvchilar kayfiyatini koʻtarish, yaxshi kayfiyat ulashish maqsadida Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Umidjon Shamsiddinov tomonidan noodatiy tarzda kutib olish tashkil qilindi.Bundan maqsad oʻqituvchilarimiz pedagogik faoliyatlarini ishtiyoq bilan boshlashlari, oʻquvchilarimiz bilim egallashlari uchun motivatsiya olishdi kayfiyatlari koʻtarildi.
Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Joriy yilning 4-noyabr sanasida Yoshlar ishlari agentligi Qiziltepa tuman bo'limi va Aholi bandlikka ko'maklashish markazi hamkorlikda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar va migratsiyadan qaytgan ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida "Yoshlar mehnat yarmarkasi" o'tkazildi. Yarmarkada mahallalardan 100 nafardan ortiq ishsiz yoshlar, qolaversa, kasb-hunar maktabimizning bitiruvchi o'quvchilari ham ishtirok etib, o'zlariga mos kelgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishib chiqishdi va o'zlari qiziqqan boʻsh ish o'rinlari uchun bandlikka ko'maklashish markazi xodimlari va tashkilot xodimlariga tegishli hujjatlar orqali murojaat qilishdi. Ushbu tadbir ishsiz yoshlarni hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishiga bandligini ta'minlashga muhim ko'makchi bo'ldi.
"Internet va yoshlar"
Joriy yilning 3-noyabr kuni Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi kutubxonasida yoshlar yetakchisi O.Abdulloyev tomonidan kasb-hunar maktabi o'quvchilari bilan "Internet va yoshlar" mavzusida "Munozara" intellektual o'yinini o'tkazdi. Unda maktabning 107- hamda 112-guruhlari ishtirok etishdi. Ko'tarinki kayfiyat va bahslarga boy o'tgan munozarada 112-guruh o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.
Dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"
Joriy yilning 3-noyabr kuni Uchquduq sanoat texnikumiga Uchquduq tumani 2-sektor rahbari tuman prokurori R.Rahmatov, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Rayxanov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari mayyor S.Qodirovlar ishtirokida ishchi-xodimlar va oʻquvchi-yoshlarga, hozirgi kunda eng dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"(ya'ni plastik kartochkalardan pul yechib olinishi, har xil yolgʻon "feyk" habarlarni tarqalishi, mobil aloqalar orqali mablag' bilan bog'liq xabarlar, pullik oʻyinlarga aldanib qolish va h.k) oqibatlarini olish maqsadida davra-suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.
Yashil_makon
Joriy yilning 3-noyabr sanasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida Navbahor tuman kasb-hunar maktabida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari tashkil etildi. Kasb-hunar maktabi yoshlar ittifoqi va o‘quvchi yoshlar hamkorligida 20 ta mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.
















