Navoiy shahar kasb-hunar maktabida "1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan biologiya fani o'qituvchisi A.Fuzaylova tashshabbusi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari U N.Shamiev va maktab oʻqituvchilari shuningdek Navoiy shahar IIB Jinoyat qiduruv bo'limidan J.Axmedov, Sh.Xo'jaqulov,Sh.Qodirov maktabning birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Biz - OITS ga qarshimiz" shiori ostida boʻlib oʻtdi.Suhbatda soʻzga chiqqanlar asr vabosi va uning oqibatlar haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javob topishdi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
"Biz - OITS ga qarshimiz"
"IQTIDORINGNI NAMOYON ET"
Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi.
Tadbir davomida o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS" doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
"Hayot go'zal chunki unda men borman"
"Hayot go'zal chunki unda men borman" Navoiy viloyati yuridik texnikumida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni"ga bag`ishlab L.Xamidova tomonidan "Hayot go'zal chunki unda men borman" deb nomalangan amaliy trening o'tkazildi. Trening jarayonida talabalar: Hayotimizni go'zallashtiruvchi va barbod qiluvchi omillar haqida bahs-munozaralar; Sog'lom turmush tarziga o'tish uchun amaliy tavsiyalar; Men baxtliman, siz ham baxtlisiz kabi kayfiyat ulashuvchi mashqlar va o'yinlar o'tkazildi.
"1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni"
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 1-dekabr kuni "1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan oquvchi-yoshlar o'rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida o'quvchi-yoshlarga OITSning kelib chiqish sabablari va uning mudhish illatlari to'grisida tushunchalar berib o'tildi. Tadbir songida OITSni oldini olish bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
"Biz OITSga qarshimiz"
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova Navbahor tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi
Tashrifdan maqsad: Professional ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va ta'lim mazmuni bilan tanishish hamda uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.Tashrif davomida ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta'lim ustalari bilan yaqindan tanishish maqsadida ular bilan suhbat o‘tkazish jarayonida o‘quv me’yoriy hujjatlari hamda o‘quv jurnallarini ko‘zdan kechirdi va o'zining taklif mulohazalarini bildirib tegishli topshiriqlar va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova Navoiy shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida ta’lim muassasada amalga oshirilayotgan ishlar va ta’lim mazmuni bilan tanishish hamda maktab oʻquvchilarining davomati, oʻqituvchilarning darsga tayyorgarlik holati, jurnallarning yuritilish ahvoli, bugungi kunda ta'lim jarayonida jihozlardan qanday foydalanilayotganligi, oʼquvchilarning oʼzi tanlagan kasblari boʼyicha olayotgan bilimlari va taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so'ngida byudjetdan tashqari mablag’ to'plash maqsadida kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Penoblok ishlab chiqarish”, “Sovun ishlab chiqarish”, “Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish” sexlarida bo’lib o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdilar.
Tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirining professional ta'limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari SIDDIQOVA SADOQAT G'AFFAROVNA Navoiy viloyatida. Ayni damda Konimex tuman kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlarning o'quv jarayoni bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Maktabda muhandis-pedagoglar bilan uchrashib, o'quv amaliyot ustaxonasi, o‘quv xonalari hamda bugungi kundagi ta’lim jarayonlari, o'quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.Tashrif so'ngida muhandis-pedagoglar bilan o'tkazilgan samimiy suhbat barchada o'zgacha taassurotlar qoldirdi. Suhbat yakunida Sadoqat G'affarovna o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdi.

















