Kitob oʻqish uchun 10 sabab

 Kitob oʻqishni kundalik odatga aylantirsangiz, sizni ajoyib oʻzgarishlar kutadi!

1. Miya faol tarzda ishlashni boshlaydi.
2. Dunyoqarash kengayadi.
3. Fantaziya rivojlanadi.
4. Lugʻat boyligi va savodxonlik darajasi oshadi.
5. Kitob stressdan xalos etadi.
6. Intellektni rivojlantiradi.
7. Xotirani mustahkamlaydi.
8. Alsgeymer kasalligining oldini oladi.
9. Ijodiy fikrlash qobiliyatini oshiradi.
10. Uyqu sifatini yaxshilaydi.

kun_hikmati

 Gap ko‘p narsani bilishda emas, bilish mumkin bo‘lgan barchasidan eng keraklisini bilishda.

Lev Tolstoy

Биласизми

 Таълим муассасаларида ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган нуфузли халқаро олимпиадалар ғолиблари лавозим маошига ҳар ой 150 фоиз, асосий олимпиадалар республика босқичи ғолиблари лавозим маошига ҳар ой 100 фоиз миқдорида устама ҳақи тўланади Бунда: устамалар нуфузли халқаро олимпиадалар ва асосий олимпиадалар ўтказиладиган фанлар бўйича айнан ғолибликни қўлга киритган фанидан дарс бераётган олимпиада ғолибига берилади; таълим муассасаларида ўқитувчи бўлиб фаолият юритаётган нуфузли халқаро олимпиадалар ва асосий олимпиадалар республика босқичи ғолиблари томонидан ғолибликни тасдиқловчи ҳужжат ёки сертификат тақдим қилинади.

Profilaktika_yig'ilshi...

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida G'oyibon mahallasi profilaktika katta inspektori kapitan F.Norxolov, Zarmetan mahallasi profilaktika inspektor psixologi leytenant N.Hasanov, kasb-hunar maktabiga biriktirilgan profilaktika inspektor psixologi leytenant M.Muhiddinov hamda kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida odob-axloq qoidalariga rioya qilish, davomat masalasi, uyali mobil aloqa vositasini ishlatish madaniyati, ijtimoiy tarmoqlardagi turli xil saytlarga kirishni oldini olish, pirotexnika vositalaridan foydalanishni oldini olish, o'quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yig'ilish tashkil qilindi....

Navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muhtaram yurtboshimizning viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, Yashil makon bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ta’lim muassasalarida  ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘tkazilgan  attestasiya natijalari tahlili, qisqa muddatli  kurslarni tashkil  etish  holati, kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb  vazifalar belgilab olindi.

"Biz - OITS ga qarshimiz"

 Navoiy shahar kasb-hunar maktabida "1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan biologiya fani o'qituvchisi A.Fuzaylova tashshabbusi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari U N.Shamiev va maktab oʻqituvchilari shuningdek Navoiy shahar IIB Jinoyat qiduruv bo'limidan J.Axmedov, Sh.Xo'jaqulov,Sh.Qodirov maktabning birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Biz - OITS ga qarshimiz" shiori ostida boʻlib oʻtdi.Suhbatda soʻzga  chiqqanlar asr vabosi va uning oqibatlar haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javob  topishdi.

"IQTIDORINGNI NAMOYON ET"

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni  qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish  maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi. 
Tadbir davomida  o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS"  doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
 Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

"Hayot go'zal chunki unda men borman"

"Hayot go'zal chunki unda men borman" Navoiy viloyati yuridik texnikumida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni"ga bag`ishlab L.Xamidova tomonidan "Hayot go'zal chunki unda men borman" deb nomalangan amaliy trening o'tkazildi. Trening jarayonida talabalar: Hayotimizni go'zallashtiruvchi va barbod qiluvchi omillar haqida bahs-munozaralar; Sog'lom turmush tarziga o'tish uchun amaliy tavsiyalar; Men baxtliman, siz ham baxtlisiz kabi kayfiyat ulashuvchi mashqlar va o'yinlar o'tkazildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni