Xotira – muqaddas, qadr – abadiy.
Xotira – muqaddas, qadr – abadiy.
Shu iborani e’tirof etganimizda, xalqimizning ezgu an’analari umrboqiy ekaniga yana bir bor amin bo‘lamiz. Shu kunlarda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar, xayrli ishlarda ham ana shu qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan.
🎗Bugun, 9-may kuni, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari Karmana tuman kasb-hunar maktabida ko‘p yillar mehnat qilib, hozirda nafaqadagi ustoz Egamova Mubina Tojiyevna xonadoniga tashrif bu
Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish davomida kasb-hunar maktabining o’quv binolarini holati, ta’lim jarayonlarini tashkil etilishi, o'quvchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, o'quv va amaliyot xonalari, ishlab chiqarish taʼlim ustalarining taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatib o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.
Tashrif davomida kasb-hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta‘lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar bilan tanishdi.
Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Navoiy arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.
Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Navoiy arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida texnikum direktori U.Rasulov bilan birgalikda texnikumning ta'lim-tarbiya jarayoni, oʻquv ustaxonasi, sport zali, oshxona hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib, oʻquvchilarning darslarga ishtiroki, ularning yashash sharoiti, ovqatlanishi bilan tanishib chiqdi.
O’rganish jarayonida yuzaga kelgan xato kamchiliklarni mas’ullarga bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda ko’rsatmalar berdi.
Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.



Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.
O‘rganish davomida dastlab, kasb-hunar maktabi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni kasb-hunar maktabi v.b direktori M. Bobonazarova tomonidan tanishtirildi.
Shuningdek, kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning bilim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv amaliyot xonalari holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha kasb-hunar maktabi direktoriga aniq vazifalar belgilab berildi.
XUSH XABAR
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi 1.3-guruh oʻquvchisi Sohibov Azizbek ingliz tili fanidan yuqori ball toʻplab B2 daraja sertifikatini qoʻlga kiritdi va oliy oʻquv yurtiga imtiyoz asosida oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu munosabat bilan Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan Sohibov Azizbekni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, o'qishlariga va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Zarafshon sanoat texnikumida ma’naviy ma’rifiy tadbirdan lavhalar
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 16-mart kuni maktabning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-yoshlari ishtirokida bahor faslining nafis va goʻzal bayramlaridan, butun dunyo musulmon olamining yangi yil ayyomi, yangilanish-yasharish kuni Navroʻz bayramini keng nishonlash maqsadida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida, koʻtarinki ruhda katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish sport musobaqalari shuningdek bayramona milliy taomlardan Navroʻz dasturxoni bezatish kabilar tashkil etildi. Bayram tadbirida oʻquvchilar milliy urf-odatlarimizdan kelin salomlar, lapar-u oʻlanlar aytishgani yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi.




















