Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, soha rivoji yо‘lida muvaffaqiyat qozonib, jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari hamda Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida, nuroniylar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish hamda о‘zgarishlar haqida sо‘z yuritildi. Tadbir so'ngida faxriylar tomonidan texnikum yoshlariga 30 ga yaqin badiiy asarlar sovg'a qilindi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Navoiylik yosh yuristlar "Uch avlod uchrashuvi" da ishtirok etdi.
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida ochiq dars tashkil etildi!
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida maxsus fan o'qituvchisi Temirov Otamurod tomonidan kasb-hunar maktabi 3-21 - guruh kompyuter grafikasi va dizayn operatori yônalishi o'quvchilariga uch O'lchovli modellashtirish fanidan 3Ds Max dasturida overlay koordinata ôzgartirgichlaridan foydalanish mavzusida ochiq dars tashkil etildi!
Kitobxonlik_kechasi...
Direktor_kubogi...
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida kitob mutolaa qilish, o'quvchilarni kitobga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ma'naviy dunyoqarashini rivojlantirish, fikrlash doirasini kengaytirish maqsadida "Dikektor kubogi" musoboqasi bo'lib o'tmoqda. Bu galgi kitobxonlik musoboqasida 1/9 hamda 1/10 guruh o'quvchilari yozuvchi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida bellashdilar, bahs-munozara olib bordilar. Natijada, 1/10 guruh o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritdilar.
Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi yoshlari "Idrok" intellektual o'yinining kumush medali sovrindori!
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yini o‘tkazildi. Uning Respublika bosqichi yakunlandi. Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi- yoshlar qonunchillikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Natijalarga ko‘ra: 1-o‘ringa – Farg‘ona viloyati yoshlari, 10 mln so‘m.
2-o‘ringa – Navoiy viloyati yoshlari, 8 mln so‘m.
3-o‘ringa – Namangan viloyati yoshlari 6 mln so‘mga loyiq deb topildi. Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ushbu intellektual o‘yin yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish, o‘z kasbini sevishga yuksaltirishga qaratilgan.
Tabriklaymiz!
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganliging 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Xatirchi agrotexnologiyalari texnikumi direktori Miyliyev Yusuf Haqnazarovich "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlandi. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz! Safimizda shunday yutuqlarga munosib ustozlar ko‘payaversin!
Tabriklaymiz!
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganliging 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Nurota tuman 1-son kasb-hunar maktabi direktori Tog'ayev Bahodir Abdukarimovich "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlandi. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz! Safimizda shunday yutuqlarga munosib ustozlar ko‘payaversin!
Tabriklaymiz!
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganliging 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi» esdalik nishonlari topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi sifatida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga qo‘shgan hissasi uchun Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi direktori Qodirov Bekzod Kamoliddinovich "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi" estalik nishoni bilan taqdirlandi. Kelgusi faoliyatlariga omad tilaymiz! Safimizda shunday yutuqlarga munosib ustozlar ko‘payaversin!





















